
Foto: «eurosport.com»
Madridning «Real» klubi «Tottenxem»ning 46 yoshli ustozi Maurisio Pochettino agenti bilan bog‘landi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.
Argentinalik mutaxassis madridliklardan besh kun muhlat so‘ragan va shu vaqt oralig‘ida o‘z qarorini ma’lum qilishini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Maurisio Pochettino «shporlar» bilan shartnomasini 2022/23 yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirgan. Biroq shartnomaga «Real» yoki «PSJ»dan taklif tushsa, klubni tark etishi mumkinligi to‘g‘risida band kiritilgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar