
Amerikalik bokschi Sem Shyumeker Bare Knuckle FC tomonidan ilk bora o‘tkazilgan qo‘lqopsiz boksda aralash stildagi jang (MMA) ustasi Erik Prindni birinchi zarbadayoq nokautga uchratdi. Zarbaning videosi MMA Junkie portali xodimi Saymon Samanoning Twitter-akkauntida e’lon qilingan.
Shyumeker 18-soniyada o‘ng taraflama hukni amalga oshirishni uddaladi va buning oqibati Prindning nokautga uchrashi bilan yakunlandi. Bu jangdagi har ikki bokschi uchun ham dastlabki zarba edi.
Your winner by “earth-shattering knockout,” the ring announcer said. Sam Shewmaker. ???? #BareKnuckleFC #BareKnuckleBoxing pic.twitter.com/n4KTSDq5d5
— Simon Samano (@SJSamano) June 3, 2018
Qo‘lqopsiz boks bo‘yicha qonuniy turnir AQShda 2 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Bunday boksning qoidalariga ko‘ra, qo‘lning suyaklari biror narsa bilan himoyalanmasligiga ruxsat etiladi. Jangda MMA jangchilari va bokschilar ishtirok etishdi.
Klassik boksda Shyumeker uch jang o‘tkazib, ularning barisini g‘alaba bilan yakunlagan. Prindl esa Bellator promoushenidagi chiqishlari bilan mashhur. 41 yoo‘shli bokschi MMA qoidalariga ko‘ra 20 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida g‘alaba qozongan. 9 ta jangda Prindl mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar