08:53 / 07.06.2018
3 947

PSJ Neymarni qanchaga sotmoqchi?

PSJ Neymarni qanchaga sotmoqchi?
Fransiyaning amaldagi chempioni PSJ klubi “Real”ga braziliyalik hujumchisi Neymarning narxini e’lon qildi.

Biroq, berilgan ma’lumotlarga ko‘ra parijliklar Neymarni imkon qadar o‘z saflarida saqlab qolishga harakat qilishadi. Ammo, uni “Santyago Bernabeu”ga sotishga to‘g‘ri kelgan taqdirda, PSJ Neymar uchun “qirollik klubi”dan 300 mln yevro talab qiladi.

Lekin, “Real” PSJga Marko Asensioni berishga rozi bo‘lsa, ushbu summa 100 mln yevrogacha kamaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli braziliyalik futbolchi PSJ safiga o‘tgan yoz “Barselona”dan 222 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Neymarni qanchaga sotmoqchi?