
Saudiya Arabistoni terma jamoasining 3 nafar futbolchisi kecha bo‘lib o‘tgan Rossiyaga (5:0) qarshi JCh-2018 ochilish bahsida uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyat uchun jazolanishadi.
NTV tarqatgan xabarga ko‘ra bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Adel Izzat e’lon qilgan.
“Biz ushbu mag‘lubiyatdan juda qattiq g‘azabdamiz. Bu umuman qoniqarsiz natija, chunki ushbu o‘yin bizning musobaqaga ko‘rgan tayyorgarligimiz darajasini aks ettirmaydi.
Ushbu mag‘lubiyat uchun darvozabon Abdulla Al-Mayuf, hujumchi Muhammad Al-Saxlavi va himoyachi Umar Xavsavilar jazolanishadi”, - deydi prezident.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar