«Barselona» Aleksandr Golovinga qiziqish bildirmoqda

«Barselona» Aleksandr Golovinga qiziqish bildirmoqda
SSKA klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin navbatdagi top-klub qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

«Yuventus» va «Milan» klublari ortidan 22 yoshli Rossiya terma jamoasi vakiliga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar «Ayaks» xavbeki Frenk lde Yongni qo‘lga kirita olmasalar, rus futbolchisini sotib olishga urinadilar. «Barsa» 21 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun 40 mln yevro to‘lashga tayyor, biroq «Ayaks» o‘z yetakchisi uchun 50 mlndan ko‘p so‘ramoqda.

Avvalroq, Golovin «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olganligi xabar qilingandi.

Manba: www.uff.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar