
Oldin xabar berganimizdek, jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi tur doirasida Argentina terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasiga 0:3 hisobida yutqazib, pley-offga chiqish masalani murakkablashtirib qo‘ydi.
Argentina futbolining tirik afsonasi Diyego Maradona mamlakati bosh jamoasining ushbu mag‘lubiyatidan qattiq ranjigan ko‘rinadi keskin fikrlarni bildirdi.
“Lodrich (Luka Modrich — Xorvatiya terma jamoasi sardori) juda zo‘r o‘ynadi. Qani edi Argentina tarkibida shunday futbolchilar bo‘lsa. Bizning yetakchilarimiz — noshudlar. Messida yetakchilik qobiliyati yo‘q, u echki bilan surat tushibdi — oldin biror yutuqni qo‘lga kirit”, — deb yozgan Maradona tvitterdagi sahifasida.
Diyego Maradona Argentina — Xorvatiya bahsini bevosita stadiondan kuzatib borgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar