
JCh-2018 musobaqasi "F" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Germaniya hamda Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Sochidagi “Fisht” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda nemislar g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv nemislarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi, biroq gol urish Shvetsiya vakillariga nasib yetdi. 32-daqiqada Germaniya yarim himoyachisi Toni Kroos maydon markazida xatoga yo‘l qo‘ydi va shvetsiyaliklar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Ola Toyvonen Noyerning ustidan oshirgan holda gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim ham “nemis mashinasi”ning ustunligida boshalandi va ular taym debyutida hisobni tenglashtirishga erishdilar. Timo Verner o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga oshirdi, u yerda Marko Roys yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Goldan so‘ng ham amaldagi chempionlar bosimni kamaytirishmadi, Shvetsiya esa faqat qarshi hujumlarga tayangan holda chuqur himoyalandi. 82-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasini olgan Jerom Boateng maydondan chetlatildi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida Toni Kroos jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, jamoasini qutqarib qolgan golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, Germaniya uch ochko qo‘lga kiritgan holda Shvetsiyaga tenglashib oldi va barchasi 3-turda xal bo‘ladigan bo‘ldi.
JCh-2018
"F" guruhi
Germaniya – Shvetsiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 32 Toyvonen, 1:1 – 48 Roys, 2:1 – 90+5 Kroos.
Germaniya – Noyer, Boateng, Ryudiger, Kimmix, Xektor (Brandt, 87), Rudi (Gyundogan, 31), Kroos, Draksler (Gomes, 46), Roys, Myuller, Verner.
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson (Durmaz, 74), Larsson, Ekdal, Forsberg, Toyvonen (Gvidetti, 78), Berg (Telin, 90).
Ogohlantirishlar: Ekdal (52), Boateng (71), Larsson (90).
Chetlatish: Boateng (82).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar