
Rossiyalik sport jurnalisti Vasiliy Utkin o‘zining instagramdagi sahifasida Ravshan Ermatovdan kechirim so‘radi.
21 iyun kuni tvitterdagi sahifasida Utkin Ravshan Ermatovni Argentina – Xorvatiya o‘yinidagi hakamligi uchun haqorat qilgan edi.
«1. Ravshan Irmatov (sleva) ajoyib hakam.
2. Uning o‘zi oilasi, do‘stlari va do‘stlarining do‘stlariga sog‘liq va omadlar.
3. Hakamlik haqida eng yomon so‘zlar bilan haqorat qilmaydigan muxlisning o‘zi yo‘q. Men ham muxlisman. Biz o‘xshashmiz.
4. Bu yomon lekin bunday bo‘ldi va bo‘ladi ham.
5.Mening gapim qanday bo‘lganiga qaramay, siz men tomonga bundan ming marotaba ko‘pini aytdingiz. Barcha qonunlar bo‘yicha biz hisoblimiz.
Yoki men mingta kechirimlarni kutishim kerakmi?
6. Yo‘q, kutish keragi yo‘q.
7. (omadli raqam): O‘zbekiston kel yarashamiz. O‘zbeklar ajoyib xalq, men hech kimni millati bo‘yicha xafa qilganim yo‘q. Hech kimni.
8. Rovshan-aka siz mening bu voqeaga qiziqishingiz bildirmasligingizga ishonaman. Agar siz rekordchi-hakam, uzoq yillar davomida o‘z tomoningizga turli tillarda dahshatli gaplarni eshitgansiz va bilasizki, ular hech narsa emas.
9. Agarda mening gaplarim nimasidir bilan farq qilsa, meni kechiring Rovshan-aka!
10. To‘qqizinchisi yetarli bo‘ldi», - deb yozgan Utkin.

Manba: Uff.uz
Vasiliy UtkinRavshan ErmatovSport JurnalistiInstagram SahifasiTwitter SahifasiHakamlik HaqidaO‘zbekiston KelO‘zbeklar AjoyibMuxlislar Yomon So‘zlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar