date
views 3 867

O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi shu kunlarda e’lon qilinadimi?

O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi shu kunlarda e’lon qilinadimi?
Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi kim bo‘lishini kutayotganlar talaygina. Barchaning diqqati JCh-2018ga qaratilgan. Chunki O‘FA rahbariyati bosh jamoamizning yangi ustozini aynan mundial yakunlanganidan so‘ng aytishini ma’lum qilgan. Bu haqda SPORTS.uz sayti xabar bermoqda.

Oldinroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga Karlush Keyrush nomzodi ilgari surilayotgani borasida xabarlar tarqalgandi.

Bilasiz, Eron terma jamoasi JCh-2018 “V” guruhida 4 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Katta ehtimol bilan Keyrushning forslar yurtidagi “sarguzasht”lari yakunlangan bo‘lishi ham mumkin. Agar voqealar rivoji shunday tus olsa, O‘FA rahbarlari haqiqatdan ham ushbu mutaxassis bilan kelishib qo‘ygan bo‘lsa, murabbiyning O‘zbekistonga safari ancha tezlashishi mumkin!

O‘z navbatida, Umid Ahmadjonov intervyularining birida Karlush Keyrush bilan ham muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qilgandi.

Qolaversa, Karlush Keyrushga Eronning o‘zidan yangi shartnoma va boshqa davlatlardan ham chorlovlar borligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi shu kunlarda e’lon qilinadimi?