JCH-2018. Shveytsariya Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi va pley-offga chiqdi (foto)

JCH-2018 musobaqasi “Ye” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Shveytsariya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga yetdi. “Nijniy Novgorod” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

31-daqiqada Blerim Jemaili raqib jarima maydonida yuzaga kelgan tartibsizlikdan unumli foydalanib, yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Kendal Uotson muvozanatni tiklashga erishdi.

Ikkinchi bo‘lim so‘nggida tomoshabinlar yana ikkita gol ko‘rishdi. 88-daqiqada Yosip Drmich Shvetsiyaning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Kosta-Rika vakillari penalti ijro etishdi. Brayan Ruisning bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi va Yann Zommerning boshiga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa, Shveytsariya guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda 1/8 finalga yo‘l oldi va Shvetsiya bilan o‘ynaydi.
JCH-2018
“Ye” guruhi 3-tur
Shveytsariya – Kosta-Rika 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 31 Djemaili, 1:1 – 56 Uoston, 2:1 – 88 Drmich, 2:2 – 90, avtogol Zommer.
Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Shakiri (Lang, 81), Djaka, Bexrami (Zakariya, 60), Djemaili, Gavranovich (Drmich, 69), Embolo.
Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Uoston, Ovyedo, Akosta, Ruis, Borxes, Kempbell, Gusman (Asofeyfa, 90), Gamboa (Smit, 90), Kolindres (Uolles, 81).
Ogohlantirishlar: Gamboa (11), Kempbell (29), Lixtshtayner (37), Zakariya (75), Sher (83), Uoston (89).
Manba: www.uff.uz

Izohlar 0
…