Foto: “the-uff.com”
Yevropa futbolini yaqindan o‘rganish, Yevropa futbol assotsiatsiyalari va kuchli jamoalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘FA Yevropada o‘z vakilini tayinlashga qaror qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Dilshod Ro‘zmetov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Yevropadagi vakili etib tayinlandi. Uning Yevropadagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- Futbolchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlari va menedjerlar tayyorlashning (keyinchalik O‘zbekistonda qo‘llashga mo‘ljallangan) zamonaviy Yevropa texnologiyasi va nazorati uslublarini o‘zida aks ettirgan tajriba va ma’lumotlarni to‘plash;
- Yevropa futbol federatsiyalarining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishlari haqidagi barcha ma’lumotlarni jamlash;
- O‘zbek futbolining raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish va O‘zbekiston terma jamoasi hamda professional klublarining nufuzli xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash maqsadida, tajribali xorij ekspertlari va mutaxassislarini O‘zbekistonda master klasslar o‘tkazishga jalb qilish;
- O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va xalqaro futbol tashkilotlarining o‘zaro amaliy uchrashuvlarini tashkil etish ishlarida ishtirok etish.
Ma’lumot uchun: Dilshod Ro‘zmetov 1979 yilda tug‘ilgan. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan. Xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Shuningdek, Bremen (Germaniya) Universitetining Yevropa va Xalkaro huquq bo‘yicha master darajali (LL.M.EUR) bitiruvchisi. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda