
JCH-2018 musobaqasi “G” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Angliya hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Kaliningrad Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda belgiyaliklar g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va keskinlikka boy bo‘lmadi. Kuchli tomonga tushib qolishdan qo‘rqibmi, yoki natijaning u qadar muhim emasligini inobatga olibmi, jamoalar gol urishga u qadar intilmadilar.
Biroq ikkinchi bo‘limni belgiyaliklar faol boshlashdi va 50-daqiqadayoq gol urishga erishdilar. Adnan Yanuzay o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va aniq zarba bilan darvozaning to‘qqizlik burchagini aniq nishonga oldi.
Qolgan daqiqalarda ham o‘sha tempdagi o‘yin davom etdi.
Shu tariqa, Belgiya 100 foizlik natija qayd etgan holda 1-o‘rinni egalladi va 1/8 finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi. Angliya esa guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va pley-offda Kolumbiya bilan kuch sinashadi.
JCH-2018
“G” guruhi 3-tur
Angliya – Belgiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 51 Yanuzay.
Angliya – Pikford, Djons, Stounz (Maguayr, 46), Rouz, Keyxill, Dayer, Loftus-Chik, Delf, Aleksander-Arnold (Uelbek, 79), Vardi, Reshford.
Belgiya – Kurtua, Shadli, Boyata, Vermalen (Kompani, 74), Dembele, Dendonker, Azar, Fellayni, Yanuzay (Mertens, 86), Tilemans, Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Tilemans (19), Dendonker (33).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar