07:00 / 01.07.2018
3 530

Umid Ahmadjonov “Nasaf”dagi moliyaviy muammolar barham topishini ma’lum qildi

Umid Ahmadjonov “Nasaf”dagi moliyaviy muammolar barham topishini ma’lum qildi
Foto: O‘FA rasmiy sayti
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda maxsus ishchi guruh Qarshi shahriga tashrif buyurdi.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, Umid Ahmadjonov “Nasaf” klubidagi moliyaviy muammolar tez orada bartaraf etilishini, klub oddiy xodimidan tortib rahbariyatgacha barcha oylik maoshlarini to‘liq olishlarini ta’minlashga va’da berib, bu masalani hal qilish uchun oxirigacha borishini aytgan.

Foto: O‘FA rasmiy sayti
“Nasaf” klubi Qashqadaryo futbolining yuragi ekanini, hamda bu klub ishtirokisiz superliga o‘yinlarini tasavvur qilib bo‘lmasligini alohida ta’kidlab, uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun barcha qulayliklarni yaratish zarurligini ta’kidlagan.

Shuningdek, O‘FA 1-vitse-prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh “Nasaf” klubining uy stadioni bo‘lgan “Markaziy” o‘yingohi, “Nasaf” futbol akademiyasi, “Nasaf” futbol klubining mashg‘ulotlar bazasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov “Nasaf” klubi rahbariyati bilan uchrashib, hozirgi kunda klubda mavjud muammolarni muhokama qildi.

“Nasaf” klubi futbolchilari va akademiyada tahsil olayotgan yosh futbolchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, stadionning ahvoli, mashq maydonlari hamda akademiya binosidagi vaziyatni ko‘zdan kechirib, kamchiliklarni bartaraf etish borasida zarur maslahatlarni berdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov “Nasaf”dagi moliyaviy muammolar barham topishini ma’lum qildi