
Ispaniya futbol federatsiyasi milliy terma jamoani JCH-2018dan keyin bosh murabbiy bo‘lib kim tayinlanishini aniqlab oldi.
AS nashrining ta’kidlashicha, Ispaniya terma jamoasini boshqarishga asosiy da’vogar bo‘lib Kike Sanches Flores sanalmoqda, uning so‘nggi ish joyi “Espanol” klubi bo‘lgan. Ushbu mutaxassis federatsiya oldiga qo‘ygan barcha talablarga javob bergan, jumladan: yetarlicha tajribaga ega, termadagi o‘zgarishlarni amalga oshira oladi va ayni damda hech qanday shartnoma bilan bog‘lanmagan.
Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida: Luis Enrike, Rafael Benites (“Nyukasl”), Unai Emeri (“Arsenal”), Marselino Garsiya Toral (“Valensiya”) va Roberto Martines (Belgiya termasi).
Kutilishicha, Fernando Yerro o‘z lavozimini yaqin kunlarda tark etadi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar