Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borgan Kumushxon Fayzullayeva ikki kurash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Dast ko‘tarishda 94 kilogramm bilan uchinchi natija qayd etgan Kumushxon Fayzullayeva siltab ko‘tarish mashqida o‘z mahoratini namoyish qilib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush va bronza medallari Misr hamda Tunis terma jamoasi vakilalariga nasib etdi.
Ta’kidlash joizki, Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston og‘ir atletikasi tarixida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk ayol sportchi bo‘ldi. Bu terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi oltin medali edi. Ikki kun muqaddam erkaklar o‘tasida Adham Ergashev "+62 kg" vazn toifasida ham dunyo birinchiligida zafar quchgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi