
JCh-2018 musobaqasi yarim finalidan o‘rin olgan Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgach hakam ekstra taymlarga murojaat qildi.
Ekstra taymlarning 2-sida aniqrog‘i 109-daqiqada Manjukich xorvatlarni finalga olib chiqqan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa xorvatlar o‘z tarixlarida ilk bor finalga chiqdilar.
JCh-2018
Yarim final
Xorvatiya – Angliya 2:1 (0:1, 1:0, 0:0, 1:0)
Gollar: 0:1 – 5 Tripper, 1:1 – 68 Perishich, 2:1 – 109 Manjukich.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 95), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich (Badel, 119), Rebich (Kramarich, 101), Manjukich (Chorluka, 115).
Angliya – Pikford, Uoker (Vardi, 112), Stounz, Yang (Rouz, 90), Maguayr, Alli, Lingard, Sterling (Reshford, 74), Xenderson (Dayer, 97), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Manjukich (48), Uoker (54), Rebich (96)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar