4 703
Dolera Davronova jahon chempionatida O‘zbekistonga uchinchi oltin medalni taqdim etdi (foto)
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurgan.
Bundan bir necha daqiqa oldin qizlar o‘rtasida -90kg vazn toifasida bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Dolera Davronova himoya qildi. Quvonarlisi hamyurtimiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra jahon chempionligi unvoniga sazovor bo‘ldi.
Avvaliga u dast ko‘tarish bahslarida 97kg. toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi va beshinchi natijani qayd etdi. Siltab ko‘tarishda esa u 128kg. tosh ko‘tardi. Bu orqali u siltab ko‘tarish hamda ikkikurash yakuniga ko‘ra (225kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu borada kumush medalni amerikalik sportchi Roza Riotto (224kg.) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka avstriyalik Sara Fisher (224 kg.) yakun yasadi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Adhamjon Ergashev va Kumushxon Fayzullayevalar jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandilar.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?