
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn JCh-2018ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
«Tottenxem» klubi futbolchisi musobaqaning 6 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Keyn Tunis bilan o‘yinda (2:1) dubl qayd etdi, Panamaga qarshi (6:1) xet-trik va Kolumbiyaga qarshi (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3) bitta gol urdi.
Angliyalik futbolchi 6 ta golining 3 tasini o‘yin vaqtida penaltidan kiritgan (bu yerda penaltilar seriyasidagi gollar hisobga olinmaydi).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar