Repsi Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Metallurg” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Tiago Bezerra burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Shuningdek, o‘yin so‘nggida Ismoil Gonsalvesh ikkita gol urib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, “Paxtakor” navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalidagi karvonboshilikni davom ettirmoqda.
Repsi Superliga, 18-tur
“Paxtakor” – “Metallurg” 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Bezerra, 2:0 – 90, penalti Gonsalvesh, 3:0 – 90+3 Gonsalvesh.
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak (Farrux Sayfiyev, 74), Sherzod A’zamov, Yegor Krimets, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Ismoil Gonsalvesh, 85), Jasur Yaxshiboyev, Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 64), Tiago Bezerra.
"Metallurg": Zafar Safoyev, Zoir Jo‘raboyev (Abror Husinov, 68), Abror Toshqo‘ziyev, Jasur Hasanov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hoshimov (Shahzod Shaymanov, 62), Andrey Shipilov, Sherzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Zohid Abdullayev, 78), Bahodir Pardayev, Otabek Zokirov.
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi