So‘nggi 2 yil davomida «Chelsi»da faoliyat yuritgan Antonio Konte «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.
Bu haqda Premium Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «rossoneri»ning bo‘lajak texnik direktori Leonardo italiyalik mutaxassisga taklif bilan chiqqan, murabbiy esa bu taklifni qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kontening avvalgi ish joyi «Chelsi» bilan yuridik muammolari bor. Murabbiy London klubidan uni juda kech iste’foga chiqargani uchun tovon puli undirmoqchi. Bu jarayon bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil noyabr oyidan buyon «Milan»ga Jennaro Gattuzo bosh murabbiylik qilmoqda.
Bugun, shunindek, «Milan»ning amaldagi sport direktori Massimiliano Mirabelli o‘z lavozimini tark etgani ham ma’lum bo‘ldi. Mirabelli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xayrlashuv maktubi e’lon qilib, unda klubdagi 15 oylik faoliyati davomida qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini ta’kidlagan.
Mirabelli 2017 yilda yaqinda ishdan bo‘shatilgan Marko Fassone bilan bir vaqtda klub rahbariyatidan joy olgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?