Kecha, 6 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Argentinalik mutaxassis terma jamoani boshqaruvini qo‘lga olishga qadar bosib o‘tilgan yo‘l haqida gapirib o‘tdi.
«Meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. O‘zbekistonga kelganimdan juda ham xursandman. Bu yerga kelib, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlashimga nafaqat federatsiya rahbariyati, balki bevosita davlat rahbarining ham hissasi bor deb bilaman», - deya Ektor Kuperning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Xalq so‘zi".
Bundan tashqari Ektor Kuper terma jamoadagi rejalari borasida gapira turib, birinchi navbatda ishni futbolchilar, umuman futbolga aloqador barcha kishilar, narsalar bilan tanishib olishni maqsad qilganini aytdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi