11:42 / 13.08.2018
3 902

Anvar Boynazarov sobiq raqibidan revansh ololmadi

Anvar Boynazarov sobiq raqibidan revansh ololmadi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasida Anvar Boynazarov o‘zining navbatdagi jangini kecha “Glory 56” turniri doirasida o‘tkazdi. Jang Denver shahridagi (Kolorado shtati, AQSh) “Broomfield” arenasida tashkil etildi.

Ushbu jangda Boynazarovga reytingning birinchi pog‘onasida borayotgan ukrainalik Sergey Adamchuk raqiblik qildi.

5 daqiqadan uch raund davom etgan jangda g‘olib nomi hakamlar qo‘ygan ochkolar bo‘yicha aniqlandi. Unga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan ukrainalik sportchining g‘alabasini e’lon qildi. 29-28, 30-27, 30-27.

Eslatib o‘tamiz, Adamchuk “Glory” turnirida bu to‘qnashuvga qadar 13 ta jang o‘tkazib, 9 g‘alaba va 4 durang qayd etgan bo‘lsa, Anvar Boynazarov uchun bu “Glory” turnirlaridagi 6-jang hisoblanadi. Bungacha u 5 ta jang o‘tkazib, 2 g‘alaba (1 nokaut) va 3 mag‘lubiyatga uchragan.

Adamchuk yarim yengil vaznda sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Boynazarov esa yaqinda ushbu vaznda chempionga aylangan edi. Bu jang sportchilarning o‘zaro ikkinchi to‘qnashuvi hisoblanadi. 2015 yil 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda ukrainalik Adamchuk ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anvar Boynazarov sobiq raqibidan revansh ololmadi