07:01 / 15.08.2018
3 688

Alisher Usmonov «Everton» klubiga sarmoya kiritish uchun tayyor

Alisher Usmonov «Everton» klubiga sarmoya kiritish uchun tayyor
«Arsenal» klubining sobiq aksioneri Alisher Usmonov «Everton»ga o‘z sarmoyasini kiritishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshida rossiyalik tadbirkor o‘zining 30 % aksiyasini Sten Kroyenkega 550 million funt sterling evaziga sotib yubordi.

Usmonov ushbu qarorni «Arsenal» klubining yakka egasi bo‘lishga bo‘lgan urinishlari zoya ketgani uchun qabul qildi. Bundan tashqari Usmonov klubning direktorlar kengashidan o‘rin ham olmagan.

Ma’lumki, Premer-liga bitta odamning faqatgina bir klubga qisman qisman va to‘liq egalik qilishi mumkin. Endilikda «Arsenal» klubidan qutulganidan so‘ng Usmonov boshqa loyihaga kirishishi mumkin bo‘ladi.

Bundan avval Usmonov «Everton» klubiga sarmoya kiritishini rad etib kelgan, biroq endi o‘zining sobiq biznes hamkori Farad Moshiriga moliyaviy yordam ko‘rsatishi mumkin. Moshiri mersisayd klubining egasi hisoblanadi.

«Biz Farad Moshiri bilan do‘stmiz. Agar u yordamga muhtoj bo‘lsa, men unga ko‘mak berishim mumkin. Agar menda ularning yaxshigina loyihasi bo‘lsa men uni ko‘rib chiqishga tayyorman», - deydi Usmonov.

Aytib o‘tish lozimki, «Everton» klubiga sarmoya zara qilmaydi. Chunki mersisaydliklar Angliyaning top-klublari orasiga kirish uchun intilmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonov «Everton» klubiga sarmoya kiritish uchun tayyor