UYeFA Superkubogi bahsidan o‘rin olgan «Real» – «Atletiko» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Tallinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «matraschilar»ning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning ilk soniyalarida nominal mehmonlar raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi: jarima maydoni ichiga yorib kirgan Diyego Kosta darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga olgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi.
27-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Garet Beyl o‘ng qanotdan tezlik oldi va to‘pni raqib jarima maydoniga uzatdi, u yerda paydo bo‘lgan Karim Benzema boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.
63-daqiqada «Atletiko» himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynadi, natijada belgilangan penaltini Serxio Ramos aniq amalga oshirdi. 79-daqiqada Kosta yaqin masofadan qaymoqranglilar darvozasini ishg‘ol qildi va muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, o‘yinning asosiy vaqti durang natija bilan yakun topdi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.
Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida «Real» markaziy himoyachilarining xatosini Saul Niges gol bilan jazoladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Koke «Atletiko»ning to‘rtinchi golini urdi.
Bu hisob «Atletiko»ga g‘alabani taqdim etdi va Diyego Simenone shogirdlari ushbu mavsumni sovrin bilan boshlaydigan bo‘lishdi.
UYeFA Superkubogi
Real Madrid – Atletiko 2:4 (1:1, 1:1, 0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 1 Diyego Kosta, 1:1 – 27 Benzema, 2:1 – 63, penalti Ramos, 2:2 – 79 Diyego Kosta, 2:3 – 98 Saul, 2:4 – 104 Koke.
Real Madrid – Navas, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Kroos (Mayoral, 102), Isko (Vaskes, 83), Asensio (Modrich, 57), Kazemiro (Sebalos, 76), Beyl, Benzema.
Atletiko – Oblak, Godin, Savich, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Koke, Lemar (Parti, 90), Rodri Ernandes (Vitolo, 71), Saul, Diyego Kosta (Ximenes, 109), Grizmann (Korrea, 57).
Ogohlantirishlar: Asensio (35), Marselo (54), Korrea (60), Diyego Kosta (62), Sebalos (90), Modrich (101), Vitolo (105).
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi