15:05 / 17.08.2018
3 983

Shahram G‘iyosovga bugungi jangida omad tilaymiz

Shahram G‘iyosovga bugungi jangida omad tilaymiz
Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov o‘zining to‘rtinchi jangini 17 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 18 avgust tongda) AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkazadi.

8 raund qilib belgilangan ushbu qarama-qarshilikda hamyurtimizga Albert Mensa (31-6-1) raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram bugunga qadar 3 jang o‘tkazgan va ularning barchasida zafar quchgan va 2 tasini nokaut bilan yakunlagan. So‘nggi marta joriy yilning 14 iyunida ringga chiqib, meksikalik Daniel Echeverriani nokautga uchratgan edi.

35 yoshli Mensa esa 38ta jangdan 31tasida g‘alaba qozongan. Oltita jangida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, bitta jangni durang bilan yakunlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosovga bugungi jangida omad tilaymiz