
“Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 22-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ikki hil bo‘limni kuzatdik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Raqiblar nozik joylarimiz bo‘lgan standart vaziyatlardan gollar urishdi. Ikkinchi taymda esa shogirdlarim men kutgan o‘yinni namoyish qilishdi. Bahsni yutib ketishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘lim muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Durang ikki jamoa uchun ham yaxshi natija bo‘ldi.
Ruhiy tayyogarlik? O‘ziga yarasha ta’sir qiladi. Kimdur buni tushunishi mumkin, kimdur esa jadvalga qaraydi. Issiq-sovuqqa qarab deyishadiku. Shunga qaramasdan, ikkinchi bo‘limda g‘alaba uchun o‘ynaganimiz ko‘rindi", - dedi Qosimov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar