
A Seriyada 2018/19 mavsumi start oldi. Dastlabki o‘yinda “Kyevo” va “Yuventus” klublari bellashdi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq Xedira gol urib, “Yuventus”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, “Kyevo” sarosimaga tushmadi va keyinchalik 2ta gol urib, tarozini o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Bani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Bernardeski goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi.
Italiya chempionati, 1-tur
18 avgust, “Mark Antonio Bentegodi” stadioni
Kyevo – Yuventus 2:3 (1:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 3 Xedira, 1:1 – 38 Stempinski, 2:1 – 56, penalti Jakkerini, 2:2 – 75, avtogol Bani, 2:3 – 90+3 Bernardeski.
Kyevo – Sorrentino (Shemper, 90), Rossettini, Tomovich, Kachchatore, Bani, Rigoni, Depaoli, Xetemay (Obi, 78), Radovanovich, Jakkerini, Stempinski (Jorjevich, 66).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kyellini, Kuadrado (Bernardeski, 56), Pyanich, Xedira (Jan, 84), Duglas Kosta (Manjukich, 64), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirish: Radovanovich (60). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar