Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining 3-turida Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov avvalgi turlarda asosiy tarkibda bo‘lgan Dostonbek Hamdamov va Abbos Otaxonov kabi futbolchilarga dam berishga qaror qilgan.
Natijasi u qadar ahamiyatsiz bo‘lgan uchrashuvga Bagordagi “Pakansari” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Birinchi va ikkinchi turlarda o‘zbekistonlik futbolchilar Bangladesh va Qatar olimpiyachilarini mos ravishda 3:0 va 6:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, muddatdan avval guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichi masalasini hal qilishgandi.
Tailand: 1. Kvanchai Suklom, 2. Pavi Tantxamiti, 3. Suriya Singmuy, 5. Shinnapxat Liaox, 6. Pitivat Sukjitxummakul, 7. Noppon Pxonkam, 8. Vorachit Kanisrimbupen, 9. Chnerop Sampaodi, 10. Chaiyavat Buran, 12. Rattanakorn Maikami, 19, Supachok Sarachat.
O‘zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Akramjon Komilov, 6. Jaloliddin Masharipov, 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Javohir Siddiqov, 14. Ikromjon Aliboyev, 15. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Dostonbek Tursunov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi