date
views 3 401

Istomin Oʻzbekistonga navbatdagi oltin medalni hadya etdi

Istomin Oʻzbekistonga navbatdagi oltin medalni hadya etdi
Kecha oʻzbekistonlik tennischi Denis Istomin Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlari tennis bahslarining final uchrashuviga yoʻllanmani qoʻlga kiritgandi.

Denis bugun finalda xitoylik Vu Yibing bilan kortga chiqib, birinchi setda 2:6 hisobida magʻlub boʻldi. Ikkinchi setda esa 6:2 hamda uchinchi - ogʻir kechgan setda 7:6 hisoblarida Yibingni magʻlub etib, mamlakatimiz termasi uchun beshinchi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 5 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan 10 oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Istomin Oʻzbekistonga navbatdagi oltin medalni hadya etdi