12:30 / 26.08.2018
3 382

Abramovich “Chelsi”ni sotish ustida ish boshladi

Abramovich “Chelsi”ni sotish ustida ish boshladi
Rossiyalik biznesmen Roman Abramovich “Chelsi”ni sotish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, u sport va texnologiya kompaniyalari boʻyicha ixtisoslashgan Raine Group investitsiya banki bilan aloqaga chiqqan va klubning sotuvi boʻyicha vaziyatni baholashni soʻragan.

Abramovichning vakillari bu xabarga izoh berishmayapti. Qayd etilishicha, bundan avvalroq Abramovich Amerikaning Silver Lake Partners kompaniyasidan klubni sotib olish boʻyicha tushgan taklifni rad etgandi. Shuningdek, buyuk britaniyalik biznesmen Jeyms Retkliffning 2 milliard funtlik taklifiga ham rad javobi berilgandi.

Shu yilning 31 mayida “Chelsi” yangi stadion qurilishi boʻyicha loyihadan voz kechgandi. Bu “yomon investitsiya muhimti” bilan izohlangandi.

Abramovich “Chelsi”ni 2003 yilda 140 million funt evaziga xarid qilgandi. Oʻtgan vaqt ichida jamoa 5 marta Angliya chempioni boʻldi va 5 marta Angliya Kubogini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, may oyida Roman Abramovichga Buyuk Britaniya investitsiya vizasi uzaytirib berilmagan edi. Shundan soʻng, u Isroil fuqaroligini olishga majbur boʻldi. Isroil fuqaroligi Buyuk Britaniya hududida 1,5 yil muddat davomida boʻlishga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramovich “Chelsi”ni sotish ustida ish boshladi