
2018 yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston boks jamoasi ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi.
-52 vazn toifasida final jangida ringga koʻtarilgan Jasurbek Latipov filippinlik Ladon Rogenga qarshi jang qildi.
Ikkinchi raundda filippinlik bokschi jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi. Hakamlar ochkosiga koʻra Jasurbek Latipov gʻolib deb topildi - 3:1 (20:18, 19:19, 18:20, 20:18, 20:18). U Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.
Uning oltin medali Oʻzbekiston delegatsiyasining 16-oltin medaliga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing