
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks bahslarida bugun final janglari boʻlib oʻtmoqda.
-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov oltin medal uchun jangda Shimoliy koreyalik Jo Xyo Nam bilan kuch sinashdi.
Ikkinchi raundda koreyalik charm qoʻlqop ustasi jarohat oldi va oʻsha vaqtga qadar boʻlgan jangni ochkolar hisobi boʻyicha vakilimiz gʻalaba qozondi:19:19, 19:19, 20:18, 19:19, 19:19.
Shu tariqa 23 yoshli bokschimiz delegatsiyamiz hisobiga 17-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.
Eslatib oʻtamiz, bundan biroz oldin Jasurbek Latipov ham oltin medalga ega chiqqan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.