“Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar klubi rahbariyatdan uch tansoqchini yollashni soʻradi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga koʻra, 33 yoshli futbolchi Gran Mardedagi villasiga taklif qilinmagan mehmonlar kirib kelishidan choʻchimoqda.
Tansoqchilardan biri villani, yana biri futbolchining oilasini, uchinchisi esa hujumchining oʻzini qoʻriqlashi lozim.
Xabarda aytilishicha, “Kyevo” — “Yuventus” oʻyinidan avval aksilterror boʻlinmalar xavfsizlikni taʼminlashga jalb etilgani Ronalduning xavotirlariga sabab boʻlgan.
Ronaldu “Yuventus”ga shu yilning yozida 112 million yevro evaziga “Real” safidan kelib qoʻshildi.
Rossiyadagi jahon chempionati arafasida Ronalduning xavfsizligini taʼminlash uchun aralash usullar boʻyicha jangchi Gonsalo Salgado va sobiq desantchi Nuno Marekos jalb etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi