
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 3-turidan oʻrin olgan “Ueska”ga (8:2) qarshi oʻyinda 2 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Natijada, argentinalik 150 ta golli uzatmani amalga oshirgan XXI asrdagi ilk futbolchi boʻldi.
31 yoshli Messi top-5 ligalarning eng yaxshi assistentlari roʻyxatini boshqarib turibdi. Undan keyingi oʻrinlarda Sesk Fabregas (“Chelsi”, 143), Mesut Oʻzil (“Arsenal”, 128), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, 122) va Dani Alves (“PSJ”, 110) bormoqda.
Messi La Liga oʻyinlarida eng koʻp marta Luis Suares gollariga hammualliflik qilgan – 23. Undan keyingi oʻrinni Pedro Rodriges (14), Samyuel EtoʻO (13), Neymar (12) va David Vilya (10) egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar