5 585
Birodar Abduraimov: “Hammani oldida qoʻlini koʻksiga qoʻyib uzr soʻrab nima qiladi? Bu kimga kerak?”
Oʻzbek futbolining tirik afsonasi Birodar Abduraimov Olimpiya terma jamoamizning Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyatsizligi haqida jiddiy gaplar gapirdi.
Eslatib oʻtamiz, chorak finalda Janubiy Koreyaga (4:3) qarshi oʻyindagi magʻlubiyatdan soʻng bosh murabbiy Ravshan Haydarov va bir qator futbolchilarning OʻFA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovdan ochiqchasiga kechirim soʻrashgani koʻpchilikning jiddiy tanqidlariga sabab boʻlgan edi.
“Biz boshqa sportchilarimiz kabi futbolchilarimizdan ham muvaffaqiyatlarni kutgandik. Hech boʻlmasa finalga chiqishni kutgandik. Afsuski, ular oʻzlariga yuklatilgan vazifani uddalay olishmadi. Umuman olganda, terma jamoamizning ishtiroki haqida nima deyish mumkin? Murabbiyni qilgan ishini qarang! Magʻlubiyatga uchragandan keyin boshini egib kechirim soʻrashi nimasi? Sen murabbiymisan, unda yutqazgandan keyin ariza yozib, ishdan ketmaydimi? Hammani oldida qoʻlini koʻksiga qoʻyib uzr soʻrab nima qiladi? Bu kimga kerak? Axir yutqazib boʻlishdi-ku, undan koʻra oʻz ixtiyori bilan ishdan ketgani yaxshi-ku! Bunday ishi bilan kimni aldayapti?”, - deydi futbolimiz faxri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi