
OFK rasmiy sayti Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida porlagan 6 yulduz futbolchi haqida maqola tayyorladi.
BAAda oʻtadigan Osiyo kubogida ham oʻzini koʻrsatishi kutilayotgan mazkur futbolchilar orasidan “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev ham oʻrin oldi.
Quyida mazkur maqolaning biznikilarga tegishli joyini eʼtiboringizga havola etamiz.
2018 yil U23 Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan yarim himoyachi Odiljon Xamrobekov, fullbek Akramjon Komilov va pleymeyker Javohir Sidiqovlar oʻz oʻyinlarini yanada kuchaytirishdi.
Ammo jamoada Ikromjon Aliboyev koʻproq tarozi bosdi. “Lokomotiv” yarim himoyachisi himoyaga yordam beribgina qolmay, Osiyo oʻyinlarining eng yaxshi ikkinchi toʻpurari boʻldi - 5 ta oʻyinda shuncha gol.
24 yoshli futbolchi “oq boʻrilar”ning 2019 yil Osiyo kubogidagi eng muhim futbolchisidan biri boʻlsa, ajab emas.
Siz nima deysiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar