09:27 / 07.09.2018
3 473

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi: Gʻalaba qozonishimizga ishongandim

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi: Gʻalaba qozonishimizga ishongandim
Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange biroz avval yakuniga yetgan Oʻzbekiston - Suriya uchrashuvidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

- Bugun biz safarda oʻynadik. Shunday boʻlsada biz katta tashabbusga erishdik. Bugun gʻalaba qozonishimizga ishongandim. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik.

Birinchi boʻlimda raqibga nisbatan yaxshiroq oʻyin koʻrsatdim. Ammo gol urishga erishmadik. Oʻyin yakunida esa Oʻzbekiston terma jamoasining hujumlari tobora keskin tus oldi.

Bizda hali mavsum boshlanmagani uchun aksariyat futbolchilarimiz oʻzini toʻliq koʻrsata olishmadi. Oʻzbekiston terma jamoasini boʻlajak Osiyo kubogida Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya kabi qitʼa grandlari qatorida favorit hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi: Gʻalaba qozonishimizga ishongandim