
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Angliyaning “Charlton” klubini sotib olishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Unga koʻra “Charlton”ning hozirgi xoʻjayini klubni 25 million yevroga sotib yuborishga tayyor. Bundan tashqari yangi xoʻjayin jamoaning 75 million yevrolik qarzini ham qoplashi kerak.
Maʼlumot uchun, “Charlton” ayni damda Angliyaning 3-divizionida ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Alisher Usmonov bundan avvalroq Londonning “Arsenal” klubidagi oʻziga tegishli boʻlgan 30% aksiyani 700 million yevroga sotib yuborgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar