23:12 / 09.09.2018
3 470

Bahrom Xaydarov avgust oyining “eng yaxshi murabbiy”i deb tan olindi

Баҳром Хайдаров август ойининг "энг яхши мураббий"и деб тан олинди
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur soʻrovnomada Pepsi Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida oʻtkazilgan soʻrovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator jamoalar muxlislarga yoqadigan oʻyin namoyish etishdi.

Oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun oʻtkazilgan soʻrovnomada “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Xaydarov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Mavsumni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmagan Bahrom Xaydarov ustozligidagi fargʻonaliklar avgust oyini juda koʻtarinki ruhda oʻtkazishdi va yakunda 2 gʻalaba va 1 durang qayd etishdi. Jamoa avgustda umuman magʻlub boʻlmadi. Natijada soʻrovnomada eng koʻp ovoz olgan murabbiy yakunda 43 ochko jamgʻardi.

Ikkinchi pogʻonadan 3 uchrashuvda 2 gʻalaba va 1 magʻlubiyat qayd etgan AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov oʻrin oldi. Uchinchi oʻrin esa “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorovga nasib etdi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahrom Xaydarov avgust oyining “eng yaxshi murabbiy”i deb tan olindi