
Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidentining maslahatchisi Sanʼat Sharipov oʻzining tvitterdagi sahifasida maʼlum qilgan.
“RFI xodimlariga Oʻzbekiston hamda Rossiya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazish taklifi bilan chiqdik. Bunga javoban esa, rus hamkasblarimiz terma jamoa murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan boʻlib oʻtadigan suhbatdan soʻng batafsil toʻxtalishga vaʼda berishdi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada OʻFA vakillari Rossiya davlatida xizmat safarida boʻlib qaytishdi. Safar davomida ular Rossiya futbol Ittifoqi, Rossiya Professional futbol ligasi, Moskvaning “Lokomotiv” klubi vakillari bilan uchrashishdi.
Demak, ushbu taklifga javoban rossiyalik mutasaddilar terma jamoa murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan boʻlib oʻtadigan suhbatdan keyin batafsil toʻxtalishga vaʼda berishgan.
Voqealar rivoji kuzatilmoqda.
Manba: uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar