Oʻzbekiston - Eron (0:1) oʻrtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Karlush Keyrush qatnashdi.
"Bugun juda ham chiroyli oʻyin boʻldi. Ikkala jamoa ham yaxshi oʻyin koʻrsatishdi. Bugungi oʻrtoqlik uchrashuvi juda yaxshi oʻtdi deb ayta olaman.
Bugungi oʻyindagi natija muhim emas edi. Shunga qaramay oʻyin juda ham qiziqarli boʻldi. Bu oʻyin Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi. Oʻzbekiston doim Eron bilan yaxshi oʻyin koʻrsatib keladi. Masalan, Jahon chempionatidan oldin Oʻzbekiston Tehronga kelib oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishgandi", - deydi Keyrush.
- Sizning qoʻl ostingizda Eron terma jamoasi yaxshi oʻyin koʻrsatib kelmoqda. Kelajagingiz haqida nima deya olasiz?
- Osiyo Kubogida chempion boʻlish juda ogʻir. Sababi Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Oʻzbekiston ham buni istaydi. Ammo chempion juda qiyin. Kelajagim haqida gapiradigan boʻlsam hozircha shartnomaga qoʻl qoʻyganim yoʻq va kutayapman. Bu bizning ichki ishimiz hisoblanadi.
- Siz anchadan buyon Eronda ishlayapsiz. Qosimov, Abramov, Babayan, Kapadze va bugun Kuper jamoasini magʻlub etdingiz. Qaysi oʻyinda Oʻzbekiston kuchliroq oʻynaganini aytib bera olasizmi?
- Ektor Kuper bir oy oldin terma jamoani qabul qilib oldi. Siz bosh murabbiyga ishonishingiz kerak. Bugun ham jamoaingiz yaxshi oʻynadi, sekin-sekin Oʻzbekistonning oʻyini kuchayib borishiga shubha yoʻq.
- Oʻyin davomida siz asosan qarshi hujumda gol urish va shu natijani saqlab qolishga harakat qildingizmi?
- Bugungi oʻyin shunchaki tayyorgarlik vazifasini oʻtab berdi. Jahon chempionatidan oldin bizning taktikamiz boshqacha edi, endi taktika oʻzgardi. Sababi Jahon chempionati va Osiyo kubogi boshqa-boshqa musobaqalar. Bugun koʻplab yosh futbolchilarga imkon berdik. Chiziqlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni tekshirib koʻrdik.
- May oyida Tehronda Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan edinglar. Oʻsha oʻyin bilan bugungi oʻyin oʻrtasida qanday farqni sezdingiz?
- Eron terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida bir nima deyishim mumkin. Oʻzbekiston terma jamoasi safida kuchli futbolchilar koʻp. Janubiy Koreyadagi Son Xon Min, bizdagi Sardor Azmun va Oʻzbekistondagi Odil Ahmedov Osiyoning top futbolchilari hisoblanadi.
Manba: championat.asia
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi