
Superliganing 23-turidan oʻrin olgan AGMK - “Neftchi” oʻyini oʻz yakuniga yetdi va unda mehmonlar 1:0 hisobi bilan gʻalaba qozonishdi. Bu oʻyin 2-davraning ilk oʻyini hisoblanib har bir ochko oltinga teng.
Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Maydon egalari bir necha hujumlar qilganiga qaramay darvoza tomon yoʻl top olmadi. Oʻyindagi yagona golni Igor Taran Sidorov pasidan soʻng 72-daqiqada kiritdi. Shu tariqa fargʻonaliklar AGMK maydonidan 3 ochko bilan qaytmoqda.
Superliga 23-tur
AGMK – “Neftchi” 0:1
Gol: Igor Taran 72, - 0:1 (Andrey Sidorov).
AGMK: Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Muzaffar Muzaffarov, Zafar Polvonov, Jasur Hasanov, Lutfulla Toʻrayev, Zohir Pirimov, Vladimir Bubanya, Yovan Jokich, Javlon Guseynov
“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Poʻlatov, Abror Ismoilov, Andrey Sidorov, Avazbek Oʻlmasaliyev, Husniddin Gʻofurov, Boburbek Yoʻldoshev, Doston Toshmatov, Shodiyor Xojimatov, Sherzod Hakimov, Doston Tursunov
Ogohlantirishlar: Yovan Jokich 23, Shukurali Poʻlatov 45, Abror Ismoilov 59.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar