
“Los-Anjeles Gelaksi” MLS chempionati doirasida “Toronto”ga yutqazdi. Torontodagi “BMO Fild” stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 5:3 hisobidagi gʻalabasi bilan tugadi.
“Gelaksi”ning gollaridan biriga Zlatan Ibrahimovich mualliflik qildi. Birinchi boʻlim oxirida ushbu 36 yoshli shvetsiyalik forvard Xonatan dos Santosning zarbasini aql bovar qilmas uslubda darvoza toʻriga joyladi.
Bu gol ushbu forvard uchun faoliyatidagi 500-gol boʻldi. Ayni vaqtda futbolchilik faoliyatini davom ettirayotganlar orasida faqat ikki futbolchi shunday natijaga erishgandi. Shu vaqtgacha 500 gollik nuqtani faqat Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi zabt etishgandi.
Ibrahimovich MLS chempionatining joriy mavsumida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.
Ibrahimovich “Los-Anjeles Gelaksi”ga shu yil martida “Manchester Yunayted”dan kelgandi. U turli yillarda oʻz gollarini “Malmyo” (18), “Ayaks” (48), “Yuventus” (26), “Inter” (66), “Barselona” (22), “Milan” (56), “Pari Sen-Jermen” (156) va “MYU” (29) klublarida urgan. U 2001 yildan 2016 yilgacha Shvetsiya terma jamoasi libosida xalqaro maydonlarda harakat qilgan va 62 golga mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar