
Superliganing 23-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan soʻng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:
- Qayd etilgan natijadan qoniqdim. Bugungi oʻyinga toʻliq tarkib bilan uncha koʻp hozirlana olmagandik. Zero aksariyat futbolchilarimiz turli yoshdagi terma jamoalarimiz ixtiyorida edi. Soʻnggi 3-4 kungina birgalikda mashgʻulot oʻtadik. Lekin shunday boʻlsa ham yigitlar bugun muxlislarga yoqadigan oʻyin namoyish etishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman va bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Ulardan stadionga koʻproq kelishlarini soʻrab qolgan boʻlardim, - dedi mutaxassis.
Manba: www.pfl.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar