Raqibiga tupurgan Duglas Kosta uzr soʻradi (video)

Raqibiga tupurgan Duglas Kosta uzr soʻradi (video)
Yuventus” yarim himoyachisi Duglas KostaSassuolo”ga qarshi oʻyindan (2:1) soʻng barchadan uzr soʻradi.

28 yoshli futbolchi uchrashuv oxirida “Sassuolo” vakili Federiko Di Francheskoning yuziga tupurgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

“Yuventus”ning barcha muxlislaridan bugungi harakatim uchun uzr soʻramoqchiman.

Doim mening yonimda boʻladigan sheriklarimdan ham uzr soʻrayman. Bu ahmoqona ish edi, barchaning oldida kechirim soʻrayman.

Bugungi qilgan ishim faoliyatimda birinchi bor sodir boʻldi», – deydi Duglas Kosta.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar