
Osiyo Chempionlar Ligasi Gʻarbiy hududida 1/4 finalning javob bahslari oʻtkazildi.
Eronning “Persepolis” klubi oʻz maydonida Qatarning “Ad-Duxail” klubini qabul qilib, 3:1 hisobidagi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi. Dastlabki oʻyinda 0:1 hisobi qayd etilgani bois, eronliklar yarimfinalga yoʻl olishdi.
Qatarning “As-Sadd” klubi Eronning “Istiqlol”ini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi. Dastlabki oʻyinda qatarliklar 3:1 hisobida gʻalaba qozongani bois, ular yarimfinalga yoʻl olishdi.
Endi “As-Sadd” keyingi bosqichda Eronning yana bir klubi “Persepolis” bilan bellashadi.
OCHL, 1/4 final, javob bahslari
Gʻarbiy hudud
17 sentyabr
Persepolis (Eron) - Ad-Duxail (Qatar) - 3:1
Gollar: Husayniy (57), Al-Burayk (76 avtogol), Mensha (78) - Budiaf (33)
Dastlabki oʻyin: 0:1
As-Sadd (Qatar) - Istiqlol (Eron) - 2:2
Gollar: Afif (27), Bunedjah (90+2 pen) - Baqiriy (32), Tabriziy (49)
Chetlatish: Chashmiy (50, Istiqlol)
Dastlabki oʻyin: 3:1
Sharqiy hudud:
18 sentyabr
Tyanszin Syuanzyan (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya)
Dastlabki oʻyin: 0:2
19 sentyabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Chonbuk Motors (Janubiy Koreya)
Dastlabki oʻyin: 3:0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar