
Shu hafta Floyd Meyvezer va Menni Pakyao oʻrtasidagi revansh jang rasman eʼlon qilinadi, deya xabar beradi Daily Mail nashri. Maʼlum boʻlishicha, u jang Las-Vegasda taxminan 1-8 dekabr kunlar oraligʻida boʻlib oʻtadi.
15 sentyabr kuni Meyvezer ringga qaytishini maʼlum qilgan va Pakyao bilan “toʻqqiz raqamli (xonali) chek uchun” urushadi.
Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi birinchi jang 2015 yil 2 may kuni Las-Vegas tboʻlib oʻtgan. Jang yakunlariga koʻra, Meyvezer gʻalaba qozongan va bu oʻshanda uning faoliyatidagi 48-jang hamda 48-gʻalaba sifatida qayd etilgan.
Pakyaoga qarshi jangdan soʻng u hamyurti Andre Bertoga qarshi ringga chiqib, unda ham zafar quchgan. 49-gʻalabadan soʻng Meyvezer boksdan ketganini eʼlon qildi, biroq oʻtgan yili UFC chempioni Konor Makgregor bilan boks qoidalari boʻyicha jang uchun ringga qaytdi va 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, professional ringdagi 50-gʻalabasini tantana qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar