UYEFA “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turi doirasida “Valensiya”ga qarshi oʻyindagi holat boʻyicha ish ochdi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatmoqda.
Portugaliyalik forvardga nisbatan ish 27 sentyabr kuni Nazorat, etika va axloq boʻyicha boshqarma tomonidan koʻrib chiqiladi. Futbolchi oʻyinda olingan qizil kartochkasi tufayli Chempionlar ligasining keyingi turida 2 oktyabr kuni “Yang Boyz”ga qarshi oʻyinni avtomatik ravishda oʻtkazib yuboradi, ammo uning diskvalifikatsiyasi muddati uzaytirilishi mumkin.
19 sentyabr kungi oʻyinda Ronaldu “Valensiya” himoyachisi Jeyson Murilo bilan yuzaga kelgan vaziyatda qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. Oʻyin hakami Feliks Brix Ronaldu Muriloning yuziga qasddan urgan, deb topdi va u maydonni koʻzda yosh bilan tark etdi.
Bu 33 yoshli futbolchi uchun Chempionlar ligasidagi ilk qizil kartochka boʻldi.
Kamchilik boʻlib qolganiga qaramasdan “Yuventus” “Valensiya” ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki golni ham xavbek Miralem Pyanich penaltidan urdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin