date
views 3 680

Ronalduning transferi “Yuventus”ni mashhur qilmoqda

Роналдунинг трансфери "Ювентус"ни машҳур қилмоқда

Krishtianu Ronalduning transferi “Yuventus”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga deyarli 10 millionga yaqin obunachi olib keldi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha turinliklarning Facebook, Instagram, Twitter va YouTube dagi rasmiy sahifalarida 33 yoshli portugaliyalik futbol yulduzi kelgunicha 49,7 million foydalanuvchi boʻlgan. Besh karra “Oltin toʻp” sohibining “Yuventus”ga koʻchib oʻtishi esa ushbu foydalanuvchilar sonini 59,5 millionga yetishiga sabab boʻldi.

Bundan tashqari oʻtgan ikki oy mobaynida “Yuventus”ning mashhurlik darajasi 19 foizga oshgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning transferi “Yuventus”ni mashhur qilmoqda