
23-sentyabr sanasida futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasi 2-bosqichining 24-turi doirasida Lokomotiv oʻz maydonida Bunyodkorni qabul qildi.
Bahs 2-1 hisobida “temiryoʻlchilar” foydasiga hal boʻldi. Uchrashuv yakunida stadionda qiziq holat yuz berdi. Lokomotivning serbiyalik futbolchisi Igor Yelich oʻyin yakunlangach, yashil maydonda qalligʻining qoʻlini soʻradi. Qiz sevinchdan koʻzlariga yosh oldi. Va koʻplab tomoshabinlar guvohligida qalligʻining taklifini qabul qildi.
Bu Superligada yuz bergan birinchi qiziq holat emas. Avvalroq, Shoʻrtan-Ledi ayollar klubi aʼzosi Uldona Toʻxtayeva maydonda kelinsalomni amalga oshirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar